Farg‘onada maktabning yoshlar yetakchisi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
19 noyabr 2020
12601Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birida yoshlar yetakchisi pora bilan ushlandi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi.
Buvayda tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birida yoshlar yetakchism lavozimida faoliyat yurituvchi fuqaro unga murojaat qilgan kishining qizini 2 ming AQSH dollari evaziga Namangan davlat universitetining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.
Lekin bu fuqaro O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga holat yuzasidan murojaat qilgan. Natijada gumonda bo‘lgan yoshlar yetakchisi voqea joyida daliliy ashyolar bilan ushlangan. Gumonlanuvchi agar abituriyent o‘qishga kira olmasa bu pullarni qaytarib bermoqchi bo‘lganini bildirgan.
Holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi