AQSH Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuch yuboradi

Olam

image

AQSH Yaqin Sharq mintaqasiga qo‘shimcha harbiylar yuboradi. Mamlakat Mudofaa vaziri Mark Esperning ma’lum qilishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni xavfsizligini ta’minlash uchun shunday qarorga kelgan.

“Reuters” agentligining yozishicha, Tramp Qirollik neft ob’ektlariga hujum qilinishida Eronni javobgar deb, hisoblagani uchun shunday qarorga kelgan. Esper AQSH qurolli kuchlarining harakati mudofaaviy xarakterda bo‘lishini va asosan havo hamda raketa hujumiga qarshi turishini ta’kidlagan. 

Donald Tramp Erondagi 15 ta turli nuqtalarni vayron qilishi mumkinligini aytgandi. Biroq u “vazminlik – manfaat” ekanini ta’kidlab, Eronga qarshi iqtisodiy sanksiyalar qo‘llashni ma’qul ko‘rdi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 14 sentyabr kuni Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasi hududiga dronlar orqali hujum qilinishi natijasida portlash yuz berdi va yong‘in chiqdi. Shundan so‘ng, mamlakat neft qazib olishni ikki marta kamaytirishga majbur bo‘ldi. Hujum uchun javobgarlikni Yamandagi xusiylar harakati “Ansar Alloh” o‘z zimmasiga oldi. AQsh esa bu hujumda Eronning ham “qo‘li bor” deb, hisoblayapti.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Donal'd Tramp Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing