AQSH vaksina tasdiqlanishi bilan aholiga tarqatilishiga va’da berdi
Olam
−
25 Sentabr 2020
4069AQSHda ishlab chiqarilayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar tasdiqlangandan keyin 24 soat ichida aholiga tarqatilishi mumkin. Bu haqda 24 sentyabr kuni Amerika rahbari Donald Tramp Sharlott shahrida tarafdorlari oldidagi nutqida ma’lum qildi.
Trampning ta’kidlashicha, AQSHda koronavirus ta’siridan o‘limlar soni aprel oyidan buyon 85 foizga kamaygan.
"AQSH ma’muriyati rekord vaqt ichida to‘rtta vaksinani ishlab chiqmoqda. Vaksina joriy yil oxirigacha yoki undan ham oldin tarqatiladi", dedi Prezident.
Ma’lumot uchun, Amerikaning "Johnson & Johnson" kompaniyasi 23 sentyabr kuni o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasi klinik sinovlarining uchinchi bosqichini boshlagandi.
AQSH Hukumati "Johnson & Johnson" kompaniyasiga vaksina ishlab chiqarish uchun 456 million dollar ajratgan. Amerika ma’muriyati shu kabi loyihalarga, umumiy hisobda 12 milliard dollar sarmoya kiritgan.
LiveBarchasi