AQSH va Janubiy Koreya yirik harbiy mashg‘ulotlar boshladi. Bu Kim Chen Inning g‘azabini keltirishi mumkin

Olam

image

Bugun, 31 oktyabr kuni AQSH va Janubiy Koreya hamkorligida “Vigilant Storm” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari start oldi. Unda 240 ga yaqin harbiy samolyotlar ishtirok etmoqda. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi. 

Nashrning qayd etishicha, mashg‘ulotlar yenttinchi yadro sinovini o‘tkazishi kutilayotgan Koreya xalq demokratik respublikasi (KXDR)ga “kuchli signal” berishga mo‘ljallangan. Shu bilan birga, agentlikning aniqlik kiritishicha,  AQSH va Janubiy Koreyaning kuch namoyishi KXDRni javob qaytarishga undashi mumkin. 

“Bundan keyin Shimoliy Koreya harbiy qudratining javob namoyishi bo‘lishi ehtimoli ham bor”, deb yozadi “Yonhap”. 

“Vigilant Storm” mashqlari 4 noyabrga qadar davom etadi. Ularga Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlarining 140 ga yaqin samolyotlari, jumladan F-35A, F-15K, KF-16 qiruvchi samolyotlari, KC-330 yonilg‘i quyish samolyoti, Amerika tomonidan esa yuzga yaqin samolyot, jumladan F-35B qiruvchi samolyotlari, EA-18 elektron razvedka samolyoti va U-2 josuslik samolyoti jalb qilingan.

Bundan tashqari, mashg‘ulotlarga dengiz piyodalari korpusi, AQSH dengiz floti va AQSH armiyasining qo‘shinlari yuborilmoqda. Janubiy Koreyadagi mashg‘ulotlarga ilk bor Avstraliya harbiy-havo kuchlarining KC-30A tanker samolyoti va Yaponiyadagi Ivakuni aviabazasidan F-35B yashirin qiruvchi samolyoti qo‘shiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Janubiy Koreya

Baholaganlar

166

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing