AQSH va Yevropa Oyda stansiya qurish bo‘yicha kelishib oldi

Texnologiya

image

NASA va Yevropa kosmik agentligi (YeKA) Gateway oy stansiyasini yaratishda hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda Amerika kosmik agentligi xabar bermoqda.

"Kecha, 27 oktyabr kuni imzolangan kelishuv agentlikning “Artemida” missiyalari uchun oyga xalqaro ekipajlarni uchirish bo‘yicha birinchi rasmiy majburiyatini anglatadi", deyiladi NASA xabarida.

YeKA yashashga yaroqli va yonilg‘i quyish modullarini yaratadi, shuningdek, stansiya va oy o‘rtasida aloqani ta’minlaydi.

Bundan tashqari, YeKA NASA Orion boshqariladigan kosmik kemasi uchun ikkita xizmat modulini taqdim etadi. Bu kapsulani energiya, suv va kislorod bilan ta’minlaydi.

Avvalroq, Oyning Quyoshga qaragan tomonida birinchi marta suv izlari borligi aniqlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

NASA EKA

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing