AQSH va yana 33 davlat ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

Jamiyat

image

Misr harbiy bazalarida 34 davlat ishtirokida “Bright Star 2023” qo‘shma mashqlari boshlandi. Bu haqda Misr Arab Respublikasi Qurolli kuchlarining rasmiy vakili X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlari 31 avgustda boshlangan va 14 sentyabrga qadar Misr shimolida joylashgan Muhammad Nagib yirik harbiy bazasi, shuningdek, Arab Respublikasining boshqa bir qancha havo kuchlari va dengiz floti bazalarida davom etadi. Mashg‘ulotlarda 19 davlatdan 8 mingdan ortiq harbiy xizmatchi qatnashmoqda, yana 15 davlat vakillari kuzatuvchi maqomida.

Ma’lumot uchun, "Bright Star" ikki yilda bir marta AQSH va Misr mezbonlik qiladigan qo‘shma harbiy mashqlar seriyasi sanaladi. U birinchi marta 1980 yilda bo‘lib o‘tgan. Mashg‘ulotlarda bir qator boshqa davlatlardan kelgan kontingentlar va kuzatuvchilar ham ishtirok etadi. 2018 yilda "Bright Star" o‘z tarixidagi eng yirik mashg‘ulotlarni o‘tkazgan, unda Buyuk Britaniya, Gretsiya, Iordaniya, Italiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Fransiya quruqlikdagi qo‘shinlari, dengiz floti va havo kuchlari ham qatnashgan. Kuzatuvchi sifatida 16 davlat vakillari taklif qilingan, o‘shanda AQSH manyovrlarga 800 nafar harbiy xizmatchini yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Belarusda KXSHT davlatlarining “Jangovar birodarlik-2023” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlangan edi. Unda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston harbiylari qatnashmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing