AQSH va uning ittifoqchilari Rossiyani import mahsulotlardan butunlay mahrum qilmoqchi

Olam

image

AQSH va uning ittifoqchilari Rossiyaga eksport qilishni butunlay to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi

Nashrning ma’lumot berishicha, G7 davlatlari bu g‘oyani Yaponiyada shu yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan sammitda muhokama qilmoqchi. Shuningdek, Rossiyaga qarshi ushbu sanksiyaga Yevropa Ittifoqi davlatlarini ham jalb qilish rejalashtirilmoqda. 

Diplomatlar muhokama qilayotgan yondashuv amaldagi sanksiyalar rejimini butunlay o‘zgartirib yuborishi taxmin qilinyapti. Agar bu amalga oshsa, Rossiyaga istisno tovarlardan boshqa barcha mahsulotlarni eksport qilish taqiqlanadi. 

Tovarlar ro‘yxati hali shakllantirilmagan, lekin istisno tovarlar tarkibiga dori-darmon va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kiritilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaga sanksiyalarni aylanib o‘tishda ko‘maklashib, unga ikki maqsadli texnikalarni yetkazib berayotgan Markaziy Osiyo davlatlariga sanksiya kiritmoqchi ekani aytilgandi. Shu maqsadda Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha vakili Qirg‘izistonga kelib, Rossiyaga yordam berishning oqibatlaridan ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya eksport Sanktsiyalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing