AQSH va “Tolibon” asirlarni almashdi
Olam
−
19 Sentabr 2022
8735“Tolibon” Guantanamo qamoqxonasida jazo o‘tayotgan harakatning yuqori martabali vakili Beshir Nurzey evaziga Amerika fuqarosini AQSHga topshirdi. Bu haqda “Tolibon” muvaqqat hukumatining Tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqi Qobulda Nurzey bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Muttaqining tushuntirishicha, Nurzey evaziga “Tolibon” Mark Freriksni AQSHga topshirgan.
Bu almashinuv ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa ochadi, deydi u.
Ba’zi ishlar majburlash yoki urush yo‘li bilan ishlamaydi, barcha muammolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish mumkin, deydi Muttaqi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va uning ittifoqchilari Afg‘onistonda 20 yil davomida jang qilgan bo‘lsa-da, amerikaliklar hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmadi, hatto o‘ta murakkab va mushkul masalalar ham muloqot orqali hal qilindi.
LiveBarchasi