AQSH va Rossiya orasida yana mahbuslar almashinuvi bo‘ldi

Olam

image
Trampning odami Moskvada Putin bilan uzoq gaplashgani ma’lum bo‘ldi north_east

Trampning odami Moskvada Putin bilan uzoq gaplashgani ma’lum bo‘ldi

Bugun, 10 aprel kuni Birlashgan Arab Amirligida AQSH va Rossiya o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Ratkliffga tayanib, “The Wall Street Journal” gazetasi xabar berdi

Jon Ratkliff “Rossiyada noto‘g‘ri ushlab turilgan” “yana bir amerikalikni” qaytarish uchun “tinimsiz ishlagan” Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlarining ishini ta’kidladi. U, shuningdek, BAA hukumatiga “almashinuvni osonlashtirgani uchun” minnatdorlik bildirgan.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, mahbuslar almashinuvi BAA poytaxti — Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan. Almashinuv doirasida rossiyalik Artur Petrov vataniga qaytadigan bo‘ldi. Rossiyadan tashqari Germaniya fuqaroligiga ega Petrov 2023 yilning 26 avgustida Vashington talabi bilan Kiprda hibsga olingan. U Amerika mikroelektronikasini Rossiyaga noqonuniy eksport qilganlikda ayblangan. 

AQSH Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Petrovning faoliyati AQSH hukumati tomonidan Rossiya Federatsiyasiga yuqori texnologiyali uskunalarning ayrim turlarini yetkazib berishga qo‘ygan cheklovlarni chetlab o‘tish uchun qilingan. 2024 yil 9 avgustda u AQSHga ekstraditsiya qilindi.

Petrov boshidanoq jinoiy ta’qibni siyosiy motivli deb hisoblashini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u rossiyalik tadbirkor bo‘lgani uchungina ta’qib qilinmoqda.

Rossiya esa Ukraina qurolli kuchlari uchun mablag‘ yig‘ishda ayblanib, Rossiyada 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Kseniya Karelinani AQSHga topshirdi. Uni allaqachon Markaziy razvedka boshqarmasi direktori kutib olgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Rossiya orasidagi oxirgi mahbuslar almashinuvi fevral oyida bo‘lgandi. 11 fevral kuni Rossiyada giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanib qamoq jazosini o‘tayotgan amerikalik Mark Fogel ozodlikka chiqdi. Fogel AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan Moskvani tark etdi. 13 fevral kuni Amerika qamoqxonasidan chiqqan Rossiya fuqarosi Aleksandr Vinnik AQSHdan Rossiyaga qaytib keldi. U Putinga va uning qaytishida mehnat qilgan barchaga minnatdorlik bildirdi. Kreml mahbuslar almashinuvini Vashington bilan o‘zaro ishonchni oshirish yo‘lidagi qadam deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing