AQSH va Kobul g‘irromlik qildi – “Tolibon”

Olam

image

"Tolibon" harakati vakillari AQSH bilan erishilgan kelishuv, rasmiy Vashington va uni qo‘llab-quvvatlayotgan Afg‘oniston hukumati tomonidan buzilganligini aytishdi. Bu haqda kecha, 5 aprel kuni "Tolo News" nashri xabar berdi.

Guruh vakillarining so‘zlariga ko‘ra, AQSH va rasmiy Kobul, "Tolibon"ning besh ming mahbusini ozod qilish haqidagi kelishuvni buzdi. Bundan tashqari, "Tolibon"ning ta’kidlashicha, afg‘on kuchlari AQSH harbiylari ko‘magi bilan toliblarning pozitsiyalariga hujum qilmoqda.

O‘z bayonotida, "Tolibon" AQSH va Afg‘oniston hukumatini kelishuvga rioya qilishga chaqirdi. Shuningdek, afg‘onlararo muzokaralar natijasida alohida sulh bitimi imzolanmaguncha «afg‘on hukumatining har qanday postiga hujum qilishi» mumkinligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 29 fevral kuni Qatarda bo‘lib o‘tgan marosimda AQSH va "Tolibon" 18 yildan ortiq davom etgan urushni yakunlash maqsadida tinchlik bitimini imzoladilar. Sulh shartlarida 14 oy ichida chet el qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi va mart oyida mahbuslar almashinuvi haqida bandlar bor. Shuningdek, sulhda afg‘onlararo tinchlik muloqoti boshlanishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh Tolibon

Baholaganlar

324

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing