AQSH va Xitoy savdo kelishuvini imzoladi

Olam

image

AQSH va Xitoy yarashuvni e’lon qildi. Amerika Prezidenti Donald Tramp va Xitoy Davlat kengashi vitse-Bosh vaziri Lyu Xe ikki mamlakat o‘rtasida deyarli ikki yildan beri davom etayotgan savdo mojarosini hal qilishga qaratilgan kelishuvlarning birinchi fazasini imzoladi.

Kelishuvning muhim bandlaridan biri AQSH intellektual mulkini himoya qilishga aloqador. Rasmiy Vashington bir necha marta rasmiy Pekinni o‘z texnologiyalarini o‘zlashtirishda ayblagan.

“Xitoy amerika g‘oyalari, savdo sirlari, patent va markalar himoyasi masalasida o‘ziga sezilarli majburiyatni oldi. Ko‘pchilik bu haqda taxmin qilgandi. Biz ko‘p narsani muhokama qildik. Bu faqatgina birinchi faza. Hech kim bizga shuncha masalada yon berilishini o‘ylamagandi”, degan Tramp.

Shuningdek, Xitoy kelasi ikki yil davomida amerika mahsulotlari importini ko‘paytirishga rozi bo‘lgan. U 200  mlrd dollarlik qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat va energiya tashuvchi mahsulotlardan sotib olishi kerak.

O‘z navbatida AQSH yangi bojlar joriy qilishdan voz kechib, mavjud ba’zi bojlarning foizini kamaytirgan. Bojlar hujjatning keyingi qismi imzolanmaguncha o‘z kuchida qoladi. Kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha muzokaralar boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

savdo urushi AQSh-Xitoy

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing