“Yon qo‘shni, jon qo‘shni”. Endi Kanada Tramp ko‘chasi nomini o‘zgartirmoqchi

Olam

image

Kanada poytaxti Ottavada AQSH Prezidenti Donald Tramp sharafiga qo‘yilgan Tramp-avenyu ko‘chasini qayta nomlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Markaziy park hududida joylashgan ko‘cha qariyb 25 yildan beri AQSH Prezidenti nomi bilan ataladi. Biroq Kanada va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani sababli mahalliy hokimiyat vakillari Tramp nomi ko‘chalardan birida saqlanib qolishini “sharmandagarchilik” deb baholamoqda.

Ottava shahar kengashi a’zosi Tim Tirnining ma’lum qilishicha, ko‘chani qayta nomlash bo‘yicha bir nechta taklif bor. Ular orasida Tako-avenyu nomi ham bor. Bu nom ingliz tilidagi Trump Always Chickens Out – “Tramp har doim qo‘rqib ketadi” iborasining qisqartmasi sifatida taklif qilingan.

Shuningdek, Obama-avenyu, Ontario-avenyu, Kanada-avenyu, Biver-avenyu, Meksika qo‘ltig‘i-avenyu, Kanada g‘ozi-avenyu, Pelosi-avenyu va Trampning ashaddiy tanqidchilaridan biri bo‘lgan komik Rozi O’Donnell nomi bilan atash variantlari ham bildirilgan.

Ko‘chani qayta nomlash bo‘yicha ovoz berish Tramp ma’muriyati Ontario ko‘lini “Amerika ko‘li” deb qayta nomlashni ko‘zda tutuvchi farmonni imzolashidan bir kun oldin o‘tkazilgan. Tim Tirnining aytishicha, ko‘cha nomini o‘zgartirish uchun mahalliy aholining yarmidan ko‘pi bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi kerak, shuningdek, masala jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Kanada bilan davom etayotgan savdo urushi fonida Ontario ko‘lining nomini “Amerika ko‘li” (Lake America) deb o‘zgartirish to‘g‘risida farmon imzolagandi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing