AQSH va’dasini bajaryaptimi? Afg‘onistondan harbiylarning qancha qismi chiqib ketgani ochiqlandi
Olam
−
02 iyun 2021
7415AQSH allaqachon o‘z harbiy kontingentining uchdan bir qismini Afg‘onistondan olib chiqib ketgan. Bu haqda mamlakat Markaziy qo‘mondonligi o‘z veb-saytida ma’lum qilgan.
Qo‘mondonlik hisob-kitoblariga ko‘ra, chiqib ketish jarayoni 30 dan 44 foizgacha yakunlangan. Bayonotda aytilishicha, materiallari bo‘lgan 300 ga yaqin yuk samolyotlari Islomiy davlatdan chiqarib tashlangan va 13 ming dona anjomlar yo‘q qilish uchun Mudofaa vazirligining logistika agentligiga yuborilgan.
Bundan tashqari, qo‘mondonlikka ko‘ra, amerikalik harbiylar turli viloyatlarda joylashgan oltita bazani Afg‘oniston Mudofaa vazirligiga topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida AQSH Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish ishlarini boshlab yubordi.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil fevral oyi oxirida AQSH va “Tolibon” tinchlik shartnomasini imzoladi. Kelishuvlarga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari shartnoma tuzilganidan 14 oy o‘tgach, aniqrog‘i 2021 yilning mayigacha Afg‘onistonni tark etishi kerak edi.
14 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden AQSHning Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganini va 1 maydan boshlab mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, qo‘shinlarni olib chiqib ketish 11 sentyabrgacha yakunlanishi kerak.
LiveBarchasi