AQSH va Britaniya Yamanning 4 ta viloyatini o‘qqa tutdi – OAV
Olam
−
18 yanvar
5523Amerika Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniya Yamanning husiylar harakati nazorati ostidagi hududlariga tunda ikkinchi marta zarba berdi. Bu haqda husiylarga tegishli “Al Masirah” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Damar, Taiz, Xodeyda va Al-Bayda viloyatlari o‘qqa tutilgan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Qizil dengiz sohilidagi Xodeyda provinsiyasida joylashgan Al-Salif qishlog‘idagi husiylarning ob’ekti nishonga olingan.
Anonimlik sharti bilan gapirgan amerikalik mulozim mazkur hujumlar mintaqadagi tijorat va AQSH harbiy-dengiz kuchlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid soladigan raketa ob’ektlari va uchirish tizimlariga qaratilganini aytgan. Amerikalik bu bilan Vashington o‘zini himoya qilish huquqidan foydalanganini iddao qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi 60 ta ob’ektga, jumladan, radarlar, havo mudofaa tizimlari, omborlar, dron va raketalarni uchirish joylariga hujum qilgandi. Husiylar AQSH va Britaniyaning hujumi oqibatida besh askari halok bo‘lganini ma’lum qilgan.
13 yanvar va 16 yanvar kuni AQSH kuchlari yana Yamandagi husiylar tomonidan nazorat qilinadigan hududlarga zarba berdi.
LiveBarchasi