AQSH va Hindiston Pokistonni “tartibga chaqirdi”
Olam
−
12 aprel 2022
13608Nyu-Dehli va Vashington Pokistonni terrorchilik faoliyati uchun mamlakat hududidan foydalanishni istisno qilishga chaqirdi. Bu haqda AQSH va Hindiston Mudofaa va Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etgan “ikki plyus ikki” formatidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan qo‘shma bayonotda aytiladi.
“Vazirlar Pokistonni o‘z nazorati ostidagi hududdan terrorchilik hujumlari uchun foydalanilmasligini ta’minlash uchun zudlik bilan, samarali va qaytarib bo‘lmaydigan choralar ko‘rishga chaqirdi”, deyiladi hujjatda.
Ular, shuningdek, 2008 yil 26 noyabrdagi Mumbayda 160 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan hujumlar va ikki hind askarining o‘limiga sabab bo‘lgan 2016 yildagi Hindiston harbiy havo kuchlarining Pathankot bazasidagi hujumlar aybdorlarini javobgarlikka tortishga chaqirgan.
Nyu-Dehli va Vashington, shuningdek, ekstremistik faoliyatga aloqador terrorchi guruhlar va shaxslarga qarshi chora-tadbirlar haqida ma’lumot almashishga kelishib olgan.
“Vazirlar zo‘ravon radikalizm, internetdan terroristik maqsadlarda foydalanish va terrorchilarning transchegaraviy harakatiga qarshi kurashishga va’da berdi”, deyiladi hujjatda.
Ma’lumot o‘rnida, kecha, 11 aprel kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken, Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin va uning hindistonlik hamkasbi Rajnatx Singx ishtirok etgan.
LiveBarchasi