AQSH Ukrainaga qiruvchi samolyot yetkazib bermoqchi emas
Olam
−
21 mart 2023
5863Oq uy Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berish masalasini haligacha ko‘rib chiqmayotganini, Kiyevga tez orada eng ko‘p kerak bo‘ladigan qurollarga e’tibor qaratishini ma’lum qildi. Bu haqda AQSH Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi xabar berdi.
“Prezident biz hozirda Ukrainaga F-16 samolyotlarini yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqmayotganimizni aniq aytdi. Biz kelgusi oylarda ularga eng ko‘p kerak bo‘lgan tizimlarga ustuvor ahamiyat berishga harakat qilyapmiz. Bular artilleriya, o‘q-dorilar, havo mudofaasi va zirhli transport vositalari”, deydi Kirbi.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, YeI Ukrainaga 2 milliard yevrolik o‘q-dori yetkazib berishga kelishib olgan edi.
Javohir Qadamov
LiveBarchasi