AQSH Ukrainaga 825 mln dollarlik qurol sotishni ma’qulladi

Olam

image

AQSH Davlat departamenti Ukrainaga taxminan 825 million dollarlik qurol sotilishini ma’qulladi, bunga “Havodan yetkazib beriladigan o‘q-dorilar” va tegishli logistika yordami kiradi. AQSH Mudofaa xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik agentligi (DSCA) qaror yuzasidan yozma bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Ukraina 3350 ta ERAM uzoq masofali raketalar, shuningdek, ushbu tizimlar bilan mos keladigan uskunalar, jumladan, global joylashishni aniqlash tizimlari (GPS) so‘ragan. Ta’kidlanishicha, kelishuvni yakunlash uchun AQSH Kongressiga rasmiy bildirishnoma yuborilgan.

Shartnoma, shuningdek, raketa konteynerlari, ehtiyot qismlar, yordamchi uskunalar, dasturiy ta’minot, texnik hujjatlar, shuningdek, o‘quv va logistika materiallarini yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Bu savdoning “mintaqadagi asosiy harbiy muvozanatni o‘zgartirmasligi” ta’kidlangan.

“Ushbu savdo Yevropadagi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotning kafolati bo‘lgan ittifoqchi xavfsizligini oshirish orqali AQSHning tashqi siyosati va milliy manfaatlarini ilgari suradi”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, Ukraina tomonidan qurol sotib olish AQSHning tashqi harbiy moliyalashtirish (FMF) dasturi doirasida Daniya, Niderlandiya va Norvegiya mablag‘lari ko‘magida amalga oshiriladi. Tranzaksiyani yakunlash uchun AQSH Kongressining yakuniy roziligi talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 18 avgust kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oq uy oldida o‘tkazgan matbuot anjumanida Rossiya bilan urush tugaganidan so‘ng Ukraina AQSHdan 90 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ sotib olish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing