AQSH Ukrainadan Rossiya bilan muzokara o‘tkazishni so‘ramoqda

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan Rossiya bilan muzokaralarga ochiqlik ko‘rsatishni so‘ramoqda. Bu haqda “Washington Post” gazetasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu talablar Ukrainani muzokara stoliga surish uchun emas, balki Amerika o‘zining xalqaro tarafdorlari nazarida ma’naviy qadr-qimmatni saqlab qolishga qaratilgan. 

Maqolada aytilishicha, bunday chaqiriqlar Bayden ma’muriyatining Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha pozitsiyasini amalga oshirish qanchalik qiyin bo‘lganini ko‘rsatadi. Chunki, AQSH rasmiylari Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini ochiq e’lon qilayotgan edi. Ammo, AQSHning G‘arbdagi ayrim sheriklari ochiq gapirmayotgan bo‘lsa-da, Ukraina sababli o‘zining iqtisodiyotini qurbon qila olmaydi. Buni Germaniya Bosh vaziri Olaf Sholsning Xitoyga qilgan munozarali tashrifi ham ko‘rsatib turibdi.

Nashrning yozishicha, Vashington ma’muriyati Rossiya Ukraina bilan jiddiy muzokaralar o‘tkazishga tayyor emas, deb hisoblaydi. Biroq, Zelenskiyning muzokaralardan bosh tortgani tufayli Yevropa Lotin Amerikasi va Afrikada yoqilg‘i va oziq-ovqat mahsulotlarining narxi keskin ko‘tarilib ketdi. Bundan kelib chiqadiki, Prezidnet Vladimir Zelenskiy muzokaralar stoliga o‘tirishga rozi bo‘lishi va oxir-oqibat yon berishi mumkin. Ammo, Kiyev diplomatiya eshiklari ochiladigan qishgacha bosib olingan hududlarining ko‘proq qismini qaytarib olishi kerak.

Qayd etish kerakki, rasmiy Moskva muzokaralar stoliga o‘tirishga ochiqligini doim ta’kidlab keladi. Ammo, Prezident Vladimir Zelenskiy Vladimir Putin bilan muhokama qilinadigan hech narsa yo‘qligini urg‘ulaydi. Zelenskiy Rossiyaning Putindan keyingi rahbari bilan gaplashi mumkinligini aytadi. Ukraina rasmiylari Rossiya “referendum” orqali o‘ziga qo‘shib olgan Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarini qaytarib olishni istaydi.

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga ko‘kmak berish uchun bir o‘zi kurashishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, Amerikada joriy yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadigan Oraliq saylovlaridan keyin Respublikachilar partiyasi Kongressning kamida bitta palatasida nazoratni qo‘lga oladigan bo‘lsa, AQSHning Ukrainaga yordami kamayishi mumkinligi aytilgandi. Shuningdek, “Washington Post” va “The New York Times” nashrlari Vashington Kiyevni Rossiyaga qarshi urushda muzokaralar stoliga olib kelish kerakligi haqida yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Jo Bayden

Baholaganlar

554

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing