AQSH tezroq Ukrainani muzokara stoliga keltirishi kerak – “The New York Times”
Olam
−
03 noyabr 2022
7877NATO va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga yo‘l qo‘ymaslik uchun AQSH Ukrainani imkon qadar tezroq muzokara stoliga o‘tkazishi kerak. Bu haqda Oq uy Milliy Xavfsizlik Kengashining (MXK) Yevropa ishlari bo‘yicha sobiq katta direktori, Jorjtaun universiteti professori (Vashington) Charlz Kupchanning kecha, 2 noyabr kuni “The New York Times” gazetasida chop etilgan maqolasida so‘z boradi.
Muallifga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni hayotiy manfaat emas, strategik ustuvor vazifa deb atagan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga aralashmasdan to‘g‘ri tanlov qilgan.
“Biroq, AQSHni ularning manfaatlariga mos keladigan darajada ishtirok etishi tobora qiyinlashib bormoqda”, deb tan oladi Kupchan.
Uning qayd etishicha, mojaroning NATO va Rossiya o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka aylanib ketishi xavfidan qochish uchun Vashingtonga Kiyev o‘zining harbiy rejalari borasida shaffofroq bo‘lishi kerak, AQSH rasmiylari esa Kiyev qanday urush olib borayotganiga ko‘proq aralashishi kerak.
“AQSHning Ukrainani operativ rejalashtirishda bevosita ishtirok etishi zarur”, deb hisoblaydi Kupchan.
Muallifning so‘zlariga ko‘ra, NATO va Rossiya o‘rtasida kengroq nizo kelib chiqish xavfi kundan-kun ortib bormoqda va Ukrainadagi mojaroning iqtisodiy oqibatlari G‘arb demokratiyasiga putur yetkazish bilan tahdid qilmoqda.
“AQSH va uning ittifoqchilari Ukrainaning strategik maqsadlarini belgilash, mojaroni boshqarish va diplomatik xulosaga kelishda bevosita ishtirok etish vaqti keldi. G‘arb Ukraina va Rossiyani muzokara stoliga o‘tkazishi va urushni tugatish va hududlar bo‘yicha kelishuvga erishish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oshirishi kerak”, deydi u o‘z pozitsiyasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya rahbariyati Ukraina bo‘yicha muzokaralarga hamon tayyor ekanini ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya G‘arbdagi hamkasblari, agar ular Moskva manfaatlarini hisobga olgan holda, vaziyatni yumshatish bo‘yicha suhbat tashkil etishni taklif qilsa, ularni tinglashga tayyor. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina bo‘yicha muzokaralar birinchi navbatda Vashington bilan olib borilishi kerak, chunki Kiyev tashqaridan kelgan buyruq bilan ish olib bormoqda, degan fikrni bildirdi.
LiveBarchasi