Ukraina suverenitetini yo‘qotganiga ancha bo‘lgan – Orban

Olam

image

Ukraina o‘z suverenitetini anchadan beri yo‘qotgan va mamlakatdagi vaziyatni G‘arb davlatlari, birinchi navbatda AQSH belgilaydi. Bu fikrni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban “Kossuth” radio dasturida bildirdi.

“AQSH Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishni istasa, ertaga ertalab tinchlik bo‘lardi”, deydi Orban Ukrainadagi mojaroga barham berish ehtimoli haqidagi savolga.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina o‘z suverenitetini anchadan beri yo‘qotgan va mamlakatdagi vaziyatni G‘arb davlatlari, birinchi navbatda AQSH belgilaydi.

"Nega ular buni xohlamaydi? Biz Vilnyusdagi NATO sammitida bu savolga javob olmadik", deydi Orban.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Viktor Orban Yevrokomissiyaning Ukrainaga yangi moliyaviy yordam ajratish rejalariga qarshi chiqqandi.

Shuningdek, Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina rahbariyatini o‘z hududlaridan voz kechishga majburlash orqali Ukraina mojarosini besh daqiqada tugatishi mumkinligini, biroq u bunga rozi bo‘lmasligini aytib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Viktor Orban

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing