AQSH Uitkoff vazifalarini uddalay olmasligidan cho‘chimoqda

Olam

image

AQSHda Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uitkoffning Rossiya va Eron bilan bir vaqtning o‘zida muzokaralar olib borish imkoniyatiga shubha bildirildi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AQSH milliy xavfsizlik idoralari rasmiylari mamlakat Prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uitkoff Rossiya va Eronning eng “irodali” muzokarachilari bilan muomala qilishidan xavotirda. Ko‘pchilik rasmiylar Uitkoff hammasini barbod qilishidan qo‘rqmoqda.

Maqolada yozilishicha, G‘arb davlatlarining ba’zi diplomatlari “o‘nlab yillar” davomida ham Rossiya, ham Eron bilan bahsli hududlar, o‘t ochishni to‘xtatish yoki qurollarni nazorat qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, ammo ular hali aniq natijaga erishgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Stiven Uitkoff joriy yilning 12 aprel kuni Ummonda Eron va AQSH o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda asosiy muzokarachi sifatida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff taklifnoma olsa, Eron tomoni bilan uchrashish uchun Tehronga borishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Uittkoff Eronni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishga chaqiruvchi xabarlar yuborgan. Shuningdek, u aprel oyi boshida Vashingtonda Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev bilan muzokara o‘tkazgan. Uitkoff mart oyida Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qabulida ham bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaqin Sharq Stiven Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing