AQSH Turkiyaga aytganini qildirish uchun tahdid yo‘liga o‘tdi
Olam
−
08 Oktabr 2019
7275AQSH Prezidenti Donald Tramp Turkiya Hukumati unga ma’qul kelmadigan biror harakat qilsa, mamlakat iqtisodiyotini vayron qilishga va’da berdi. Bu haqda o‘zining Twitter`dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Avval aytganimdek, o‘zimning buyuk va tengsiz donoligim bilan Turkiya nojo‘ya harakat qilyapti deb hisoblasam, Turkiya iqtisodini butkul vayron qilaman (men avval shunday qildim!)”, degan Tramp.
AQSH Prezidenti o‘z fikrini davom ettirib, rasmiy Anqara ISHIDning asirga tushgan jangarilari va ularning yaqinlari uchun javobgarlikni zimmasiga olishi kerakligini qat’i ta’kidlagan. Shuningdek, AQSH ISHID bilan kurashda kutilganidanda ko‘p ish qilganini va endilikda Yaqin Sharqning boy mamlakatlari bu muammo bilan shug‘ullanishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
“AQSH – buyuk davlat!”, deb yakunlagan Tramp.
Avvalroq, AQSH Turkiyani Suriya shimolidagi harbiy operatsiyalarda qo‘llab-quvvatlamasligi ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi