AQSH “Tolibon” hokimiyatini tan oldimi? Toliblar Vashingtondan yordam olishini e’lon qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, joriy yilning 9-10 oktyabr kunlari AQSH delegatsiyasi Qatar poytaxti Dohada “Tolibon” harakatining yuqori martabali vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi haqida xabar bergandik. 

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiy halokat yoqasida turgan Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishga rozi bo‘ldi, lekin mamlakat yangi hukumat vakolatlarini tan olmadi. Bu haqda “Tolibon” harakati joriy yil avgust oyining oxirida Amerika qo‘shinlari olib ketilgandan so‘ng birinchi marta o‘tkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralardan so‘ng ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari ham bu borada bayonot bergan. Unda faqat “AQSH tomonidan afg‘on xalqiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jiddiy gumanitar yordam ko‘rsatilishi muhokama qilingani” aytilgan. 

Muzokaralar oldidan AQSH va Buyuk Britaniya o‘z fuqarolarini Qobulda ehtiyot bo‘lishga va mehmonxonalardan, ayniqsa mashhur Serena mehmonxonasidan uzoq turishga chaqirgan. Ushbu hashamatli mehmonxona jangarilar qo‘liga o‘tgan. 

O‘z o‘rnida, AQSH bu muzokaralar 15 avgustda Vashington ittifoqchilari hukumati qulashi ortidan hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon”ni tan olishning boshlang‘ich qismi emasligini aniq ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing