AQSH Tinch okeanida qayiqqa zarba berdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
24 yanvar 2504 1 daqiqa
Kecha, 23 yanvar kuni AQSH Qurolli kuchlari Janubiy qo‘mondonligi Tinch okeanida qayiqqa zarba berdi. Hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda qo‘mondonlikning X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berildi.
“23 yanvar kuni Mudofaa vaziri Pit Hegset ko‘rsatmasiga binoan “Janubiy nayza” qo‘shma tezkor guruhi terrorchi deb tan olingan tashkilotlar tomonidan foydalanilgan kemaga qarshi halokatli kinetik zarba berdi”, deyiladi bayonotda.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, kema Tinch okeanining sharqiy qismida giyohvand moddalar kontrabandasining ma’lum yo‘nalishlari bo‘ylab harakatlangan va narkotrafik operatsiyalarida ishtirok etgan. Zarba oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi tirik qolgan. Zarbadan so‘ng Janubiy qo‘mondonlik darhol Sohil qo‘riqlash xizmatini omon qolgan shaxsni qidirish va qutqarish tizimini ishga tushirish zarurligi haqida xabardor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Karib dengizida taqiqlangan moddalarni tashiyotgani aytilayotgan ikki qayiqqa zarba bergandi. Amaliyot oqibatida besh kishi halok bo‘lgan.
Live
Barchasi