Tramp Atlantika yoki Tinch okeanini ham “o‘zlashtirmoqchi”
Olam
−
16:38 384 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Atlantika yoki Tinch okeanini “Tramp okeani” yoki “Amerikalar okeani” deb qayta nomlashi mumkinligini aytdi. Bu haqda u kecha, 10 oktyabr kuni Tennessi shtatidagi Klarksvill shahrida o‘tkazilgan mitingda gapirdi.
“Bizga daryo kerak. Bizga okean kerak”, degan Tramp.
U Meksika qo‘ltig‘ini “Amerika qo‘ltig‘i” deb qayta nomlash haqidagi qarorini ham eslatgan. Prezidentning aytishicha, AQSH xaritasida o‘z nomi bilan ataladigan okean ham bo‘lishi kerak.
“Ketishimdan oldin, menimcha, bizda o‘z nomimizdagi okean ham bo‘lishi kerak”, degan u.
Tramp avvalroq ham Kanada bilan munosabatlar fonida Atlantika va Tinch okeanlarining nomini ham o‘zgartirish mumkinligini aytgandi. Biroq Tramp Atlantika yoki Tinch okeanining nomini o‘zgartirish bo‘yicha hozircha rasmiy reja e’lon qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Kanada bilan davom etayotgan savdo urushi fonida Ontario ko‘lining nomini “Amerika ko‘li” (Lake America) deb o‘zgartirish to‘g‘risida farmon imzolagandi. U, shuningdek, Oy yuzasidagi biror ob’ekt uning sharafiga nomlanishini xohlashini aytgandi. Bundan tashqari, AQSH Prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini AQSH hududi deb e’lon qilgandi.
Live
Barchasi