AQSH Tayvanga F-16 qiruvchi samolyotlari uchun 300 mln dollarlik jihozlar sotmoqchi

Olam

image

AQSH Davlat departamenti Tayvanga F-16 qiruvchi samolyotlari uchun 300 million dollarlik ehtiyot qismlarni sotish imkoniyatini tasdiqladi. Bu haqda kecha, 5 iyun kuni AQSH Mudofaa vazirligining hukumatlararo shartnomalar bo‘yicha xorijga harbiy texnika va qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan Xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik agentligi ma’lum qildi.

Hujjatda qayd etilishicha, Taypey iqtisodiy va madaniy vakolatxonasi (orolning amaldagi elchixonasi) F-16 uchun ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar, sarf materiallari, shuningdek, samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatishni so‘ragan. Tayvanga standart ehtiyot qismlarni 220 million dollarga va nostandart qismlarni 80 million dollarga sotishga ruxsat berilgan.

Ta’kidlanishicha, ehtimoliy kelishuv AQSH qonunlarini buzmaydi va AQSHning jangovar tayyorgarligiga zarar yetkazmaydi. Amerika ma’muriyati allaqachon Kongressni bu qaror haqida xabardor qilgan. Qonun chiqaruvchi organda potensial bitimni ko‘rib chiqish va uni bloklash uchun 30 kun bor.

Tayvan havo kuchlari 140 ga yaqin F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqaradi.

Vashington "yagona Xitoy" siyosatini tan olgan holda, ayni paytda Taypey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda. AQSH Tayvanning asosiy qurol yetkazib beruvchisidir. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Amerikaning orolga bir necha yil davomida yetkazib bergan harbiy yuklarining umumiy miqdori 70 milliard dollardan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh F-16 Tayvan'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing