AQSH suv ostida maxsus stansiya quryapti
Olam
−
07 may 2023
8676AQSH Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) va Proteus Ocean Group xususiy kompaniyasi 2026 yilgacha “suv osti stansiyasi”ni qurib bitkazishga kelishib oldi. Bu haqda NOAA'ning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Aytilishicha, mazkur stansiya 610 metr kvadrat maydondagi dumaloq, ikki qavatli inshoot bo‘ladi. U Karib dengizidagi Kyurasao orolidan taxminan 20 metr chuqurlikda o‘rnatiladi. Stansiya ichida tadqiqot va tajribalar uchun laboratoriyalar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va xodimlar uchun turar-joy binolari quriladi.
Bundan tashqari, stansiyada oziq-ovqat yetishtiriladigan birinchi suv osti issiqxonasi hamda Xalqaro kosmik stansiyasidagi kabi striming, taqdimotlar va onlayn media intervyu xonasini barpo etish rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, stansiyada 12 nafargacha olim yashashi mumkin. Keyinchalik NOAA uni sayyohlar uchun ham ochishi mumkin.
Ma’lumot uchun, mazkur loyiha 1986 yilda foydalanishga topshirilgan Aquarius suv osti laboratoriyasining zamonaviy va kattaroq versiyasi hisoblanadi.
LiveBarchasi