AQSH sudi G‘ofur Rahimov talabini rad qildi

Olam

image
Salimboy va G‘afur Rahimovning jinoyatchilikka aloqasi bo‘lganmi?  north_east

Salimboy va G‘afur Rahimovning jinoyatchilikka aloqasi bo‘lganmi?

Vashington sudi O‘zbekiston fuqarosi, Xalqaro boks assotsiatsiyasining (AIBA) sobiq prezidenti G‘ofur Rahimovning talabini rad qildi. Rahimov AQSH Moliya vazirligining uyushgan jinoyatchilik uchun kiritilgan sanksiyalarni olib tashlashni so‘ragandi. Bu haqda AQSH sud tizimining elektron ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan rasmiy hujjatida aytilgan.

AQSH Moliya vazirligining sanksiyalarning qonuniyligi uchun javob beruvchi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) 2012 yilda G‘ofurovni sobiq ittifoq fuqarolari tashkil etgan “Birodarlik halqasi” xalqaro jinoiy tarmog‘i faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib, unga nisbatan sanksiyalar kiritgan. O‘z navbatida Rahimov ushbu qarorni noqonuniy deb atab, o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarning nimaga asoslangani unga tegishlicha ma’lum qilinmaganini aytgan.

“Sud davogarning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgani asosli bo‘lgani va joriy tartibda u bo‘yicha bahslashish samarasiz ekanligi haqidagi qarorga keldi”, deyilgan federal sudya Jeyms Bosberg qarorida.

Eslatib o‘tamiz, G‘ofur Rahimov AQSH sanksiyalari sababli AIBA prezidentligidan iste’fo berishga majbur bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

G'ofur Rahimov

Baholaganlar

329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing