Salimboy va G‘afur Rahimovning jinoyatchilikka aloqasi bo‘lganmi?
Intervyu
−
19 mart 2019
115150Xabaringiz bor, kecha, 18 mart kuni QALAMPIR.UZ tomonidan 1991-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan, ayni damdagi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokir Almatovich Almatov bilan eksklyuziv intervyu taqdim etilgan edi.
Zokir Almatovich mazkur intervyuda O‘zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo‘lgan davrlarni, ayniqsa, 1989-1990 yillarda uyushgan jinoyatchilik avjiga chiqib ketganini xotirladi.
O‘sha vaqtlarda Salim Abduvaliyev va G‘afur Rahimovning nomi xalq orasida mashhur bo‘lgan. Ularga jinoyatchi sifatida qaraganlar ham topilgan. Zokirjon Almatov bu masalaga ham to‘xtalib, Abduvaliyev va Rahimov haqida gapirdi.
“Salim Abdevaliyev “ko‘cha”ning bolasi bo‘lmagan. U eskidan biznes bilan shug‘ullangan. Uning otasi oddiy dehqon, kolxoz raisi bo‘lgan. Men bu insonni juda yaxshi bilaman. Uning qo‘li qonga bulanganini yoki boshqa narsalarni men eshitmaganman, ko‘rmaganman. U o‘ziga yarasha katta aqlga ega, obro‘ga ega odam.
Xalqimizni ichida shu inson to‘g‘risida har xil gaplar chiqib ketdi. Agar u jinoyat sodir etganida, ayab o‘tirilmasdi. O‘sha sovet paytidayoq jinoiy javobgarlikka tortilib ketgan bo‘lar edi”, deydi Zojirjon Almatov.
Zokirjon Almatov so‘zida davom etarkan, G‘afur Rahimovdan ham butun o‘zbek xalqi g‘ururlanishi kerakligiga to‘xtaldi.
“Ikkisi o‘z vazifasini hozir ham a’lo darajada bajaryapti. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, o‘zbekdan chiqqan inson AIBA’ning prezidenti bo‘lib turibdi. O‘zbekistonning faxri bu. Ular vatanparvar. O‘zbek sportchilarining bitta olimpiadada 7 ta medal olganini qachon ko‘rgansiz? Oldinda hali juda katta marralar turibdi. Bu yigitlarning ham yoshi anchaga borib qoldi. Bular endi qo‘lidan kelgan hamma narsani qiladiki, o‘zbekni sporti rivojlansin.
Bular jinoyatchi bo‘lgan, ko‘chani bolasi, deb odamlar gapiraveradi. Kim ko‘chaning bolasi bo‘lmaydi. Maktabdan keyin ko‘chada yurasiz. Yigitchilikda ba’zi birov bilan urushadi, so‘kishadi. Sport bilan shug‘ullanasiz. Lekin jinoyat botqog‘iga botib ketmaslik bu umuman boshqa narsa”, deydi Almatov.
Mazkur intervyuni to‘liq shaklda quyida yoki YouTube va Mover’dagi sahifalarimizda ko‘rishingiz mumkin.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr