AQSH sudi Baydenning migrantlarni qonuniylashtirish dasturini to‘xtatdi
Olam
−
28 avgust
1972Joriy yilning 18 iyun kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Shtatlarda qonuniy maqomga ega bo‘lmagan yuz minglab muhojirlarga potensial fuqarolikni taklif qilish bo‘yicha keng ko‘lamli saylov aksiyalarini o‘tkazishni buyurgani haqida xabar berilgandi. Texas shtati federal sudi Prezident ma’muriyatining AQSHda zarur hujjatlarsiz yashovchi migrantlarga huquqiy maqom berish dasturini to‘xtatdi. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, qaror AQSHning 16 ta shtati dasturni blokirovka qilishni talab qilgan sud da’vosidan so‘ng boshlangan sud jarayonlari doirasida qabul qilingan. Ular Baydenning xatti-harakatlari AQSH immigratsiya qonunlarini qayta yozish uchun ijro hokimiyatini suiiste’mol qilish ekanini ta’kidladi.
Sud dastur bo‘yicha arizalarni tasdiqlashni ikki haftaga to‘xtatib turishga qaror qilgan, muddat uzaytirilishi mumkin. Sobiq prezident Donald Tramp tomonidan tayinlangan sudya Jon Kempbell Barker shtatlarning da’volarini muhim deb topgan va ular sud ko‘proq tekshiruvni talab qilishini aytgan.
Shunday bo‘lsa-da, hukumatga kechiktirish vaqtida arizalarni qabul qilishni davom ettirishga ruxsat beriladi.
Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti 2024 yil iyun oyida Keeping Families Together (Oilalarni birlashtirish) dasturini e’lon qilgandi. Uning shartlariga ko‘ra, AQSH fuqarolarining qonuniy nikohda bo‘lgan va mamlakatda kamida 10 yildan beri yashayotgan turmush o‘rtoqlari AQSHdan chiqmasdan doimiy yashash uchun ariza topshirishi mumkin. Bayden ma’muriyatining hisob-kitoblariga ko‘ra, dastur amerikaliklarning 500 mingdan ortiq turmush o‘rtog‘i va ota-onasidan biri AQSH fuqarosiga turmushga chiqqan 21 yoshgacha bo‘lgan 50 mingga yaqin bolani qamrab oladi.
LiveBarchasi