AQSH strategik yadro kuchlari mashg‘ulotlarini boshladi

Olam

−

image

AQSH Qurolli kuchlarining Strategik qo‘mondonligi yadro kuchlarining tayyorgarligini tekshirish bo‘yicha yillik o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda USSTRATCOM’ning X tarmog‘idagi sahifasida xabar berildi.

“Strategik qo‘mondonlik yadro kuchlarini boshqarish va ular ustidan nazorat qilish bo‘yicha o‘zining har yillik Global Thunder 27 o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi”, deyiladi xabarda.

Manyovrlarda AQSH strategik kuchlarining barcha komponentlari shaxsiy tarkibi ishtirok etmoqda.

“Maqsad – yadro kuchlarining tayyorgarligini oshirish, shuningdek, strategik tiyib turish salohiyatining xavfsizligi, ishonchliligi, samaradorligi va ishonchliligini ta’minlashdir”, deya qayd etgan qo‘mondonlik.

Global Thunder o‘quv mashg‘ulotlari har yili o‘tkazilishi hamda biror bir mamlakatning, boshqa sub’ektlarning harakatlariga yoki joriy dunyo voqealariga javob hisoblanmasligi alohida ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya suvosti kemalaridan uchirilishi mo‘ljallangan qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing