AQSH Senati Ukrainaga 12,4 mlrd dollarlik yordamni ma’qulladi
Olam
−
30 Sentabr 2022
3387Kecha, 29 sentyabr kuni AQSH Senati vaqtinchalik xarajatlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini, jumladan, Ukrainaga 12,4 milliard dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar bermoqda.
Kecha Senat hukumatning to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, federal hukumatni 16 dekabrgacha moliyalash va Ukrainani Rossiya bosqinidan himoya qilish uchun yangi resurslarni tasdiqlovchi vaqtinchalik qonunni qabul qildi. Hujjatni 72 nafar senator ma’qulladi, 25 nafar respublikachi qarshi bo‘ldi.
Qonun loyihasi Ukrainaga 12,4 milliard dollar yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi: 7,8 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita harbiy yordam, 4,5 milliard dollar iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash va 35 million dollar Ukrainadagi yadroviy materiallar xavfsizligini ta’minlash uchun.
Oraliq saylovlar arafasida Senatda qonun loyihasi bo‘yicha murosaga erishildi. AQSH Kongressining Vakillar palatasida (parlamentning quyi palatasi) qonun loyihasi bugun ovozga qo‘yilishi mumkin.
LiveBarchasi