AQSH Senati Trampning vakolatini cheklovchi hujjatni ma’qulladi

Olam

image
Ostonada urush turgandek... north_east

Ostonada urush turgandek...

Kecha, 13 fevral kuni AQSH Kongressining Senati Prezident Donald Trampning Eronga qarshi harbiy kuchlarni ishga solishi uchun avval parlamentdan ruxsat olishini majburiy qiluvchi rezolyutsiyani ma’qulladi.

Tashabbusni 55 nafar senator ma’qullagan, 45 nafar a’zo unga qarshi bo‘ldi. Hujjatni respublikachilardan 7 nafari tasdiqlagan.

Endilikda hujjat Vakillar palatasiga yuboriladi. U yerda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi demokratlar buni qo‘llab-quvvatlashi kutilyapti. Oq uy rezolyutsiya tasdiqlangan taqdirda Tramp unga veto qo‘yishini ma’lum qildi. Ayni vaqtda demokratlarda Prezident vetosini yengib o‘tish uchun ovozlar yetarli emas. Bu degani Senat ma’qullagani bilan ham Prezidentning imkoniyatlarini cheklash oson bo‘lmaydi.

Rezolyutsiya Prezidentga Kongressdan ruxsat olmasdan yoki AQSHga kutilmagan hujum bo‘lmagan taqdirda Eronga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazishni taqiqlaydi. Agar rezolyutsiya qabul qilingungacha harbiy harakat boshlangan bo‘lsa, u AQSH administratsiyasiga 30 kun ichida toki Kongress ruxsat bermaguncha uni to‘xtatishni majburiy qiladi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi boshida Trampning buyrug‘i bilan o‘tkazilgan operatsiya natijasida Eron tashqi siyosatining me’mori, Yaqin Sharqdagi ta’sir doirasi mislsiz darajada yuqori bo‘lgan general Qosim Sulaymoniy o‘ldirildi. Natijada ikki tomon munosabatlari keskin tus olib, urush yoqasiga kelib qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

64

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing