AQSH Saudiya Arabistonini ham Isroilni tan olishga chaqiryapti
Olam
−
15 Oktabr 2020
6759AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo Saudiya Arabistonini Isroilni tan olish va Avraam kelishuviga qo‘shilishga chaqirdi. Amerika tashqi siyosati rahbari podshohlikning bunday qadami Fors ko‘rfazining boshqa ikki arab davlati – BAA va Bahrayn bilan munosabatlarini yaxshilayotgan yahudiylar davlati uchun ulkan turtki bo‘lishini ta’kidladi. Bu haqda "South China Morning Post" xabar berdi.
“Ular (BAA va Bahrayn) mintaqadagi dinamika o‘zgarayotganini ko‘rsatyapti. Mamlakatlar Eron ta’siriga qarshi turish va rivojlanishni ta’minlash uchun mintaqaviy g‘amkorlik zarur ekanini tan olyapti”, degan Pompeo Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal ibn Farxan al-Saud bilan uchrashuvda.
Davlat kotibi Saudiya Arabistoni ham Isroil bilan munosabatlarini normallashtirishiga umid bildirgan. U Podshohlikka Avraam kelishuvini tuishdagi yordam uchun minnatdorlik bildirgan.
AQSH Isroilni tan olish evaziga Saudiyaga ishonchli qurol yetkazib berish dasturini qo‘llab-quvvatlashini, bu esa fuqarolarni himoya qilishga yordam berishini ta’kidlagan.
Pompeo AQSH yangi elchixona qurish uchun Ar-Riyodda 26 akr (10,5 gektar) yer maydoni sotib olganini ham qo‘shimcha qilgan. Shuningdek, Amerika Jidda va Dahrandagi missiyasidan tashqari, podshohlikda diplomatik qurilish uchun 1 mlrd dollar safrlash niyatida.
Eslatib ztamiz, tashqi siyosatini Saudiya Arabistni bilan yaqindan muvofiqlashtirib boruvchi Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari 15 sentyabr kuni Oq uyda Isroil bilan Avraam kelishuvini imzoladi va yahudiylar davlatini tan oldi.