AQSH Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan kelgan daromadni Ukrainaga yubormoqchi
Olam
−
23 Oktabr
1557AQSHda Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan aktivlaridan kelib tushgan daromaddan olingan 20 milliard dollarni Kiyevga jo‘natish to‘g‘risidagi qaror 99 foizga qabul qilindi. Bu haqda AQSH Moliya vaziri Janet Yellen ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar o‘zini Rossiyadan himoya qilayotgan Ukrainaga konvertatsiya qilinganda: 18,5 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.
“Katta yettilik”ning 50 milliard dollarlik yordam paketiga shartli ravishda 20 milliard dollar hissa qo‘shishimiz mumkinligini aytmoqchiman”, deydi 22 oktyabr kuni AQSH Moliya vaziri Janet Yellen.
Bu Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromaddan Ukrainaga 50 milliard dollar ajratish bo‘yicha “Katta yettilikka” a’zo davlatlar iyun oyida erishgan kelishuvga ishora qiladi.
Yellenning aniqlik kiritishicha, Kiyevga Amerika hukumati tomonidan qo‘shimcha yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaror 99 foizga qabul qilingan. Bu boradagi yakuniy qaror shu hafta oxirigacha qabul etilishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, AQSH Moliya vaziri Ukrainaga ushbu moliyaviy yordam ko‘rsatish yuki amerikalik soliq to‘lovchilarga tushmasligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham AQSH hukumati Ukrainaga 400 million dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etgandi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ushbu paketga, xususan, qo‘shimcha o‘q-dorilar, zirhli texnika va boshqa qurollar kiritilishini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar ikki tomonlama xavfsizlik bo‘yicha kelishuvga muvofiq Ukrainaga yordam ko‘rsatishda davom etadi.
LiveBarchasi