AQSH Rossiyani 90-yillarga qaytarmoqchi

Olam

image
Kim o‘zi u Putin janoblari? Prezident yoki samarqandlik kirakash? (1-qism) north_east

Kim o‘zi u Putin janoblari? Prezident yoki samarqandlik kirakash? (1-qism)

AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiyani birinchi Prezidenti Boris Yelsin davridagidek yopiq davlatga aylanishini xoxlaydi, deb yozmoqda professor Ilyos Kemalog‘lu “Anadolu” agentligi tomonidan e’lon qilingan maqolasida.

AQSHda Jo Baydenning hokimiyatga kelishi Rossiya bilan munosabatlar keskinlashuvida yangi bosqichni boshladi. Bunga Amerikaning sobiq rahbari Donald Tramp davrida Moskva Yaqin Sharqdan Kavkazgacha bo‘lgan katta hududda o‘z ta’sir doirasini kuchaytirib olgani sabab bo‘ldi. 

Muallifning ta’kidicha, Vashington Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning rivojlanishini istamaydi. Shuning uchun bu aloqalarni Moskvaga qarshi sanksiyalar orqali zaiflashtirmoqchi.

Muntazam ravishda yangi cheklovlar joriy qilayotganiga qaramay, Vashington Moskva bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidlamoqda. Albatta, bu hamkorlik ortida AQSHning o‘z manfaatlari ko‘zlangan. Misol tariqasida, AQSHning “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri loyihasi ishga tushirilmasligi uchun Yevropa Ittifoqiga bosim o‘tkazgani va 2020 yilda Rossiyadan neft sotib olish hajmi ko‘paytirilgani ko‘rsatib o‘tilgan.

AQSH va qator Yevropa Ittifoqi davlatlari fikrlaridan ma’lumki, “Shimoliy oqim-2” loyihasining maqsadi Rossiya mavqeini kuchaytirishga qaratilgan edi.

Kemalog‘luning fikricha, Bolgariya va Chexiyadan rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi Rossiyani jazolamoqchi bo‘lgan AQSHning sa’y-harakatlari “meva”si bo‘lgan.

“Anadolu” jurnalistining xulosasiga ko‘ra, Vashington Rossiyani Boris Yelsin hukmronligidagi ”korrupsiya, iqtisodiy inqiroz va siyosiy, ijtimoiy muammolar davri”ga aylantirmoqchi va uning dunyo miqyosidagi faolligini pasaytirmoqchi.

Ammo, Moskvaning harbiy, kosmik va energetika sohalarida, shuningdek  atom energetikasi va tibbiyot sohasida davom etayotgan qudratini ta’kidlab, bu tahminni ehtimoldan yiroq deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya

Baholaganlar

704

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing