AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda
Olam
−
19 may 2023
3332AQSH Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishi kutilmoqda. Qora ro‘yxatga AQSHdan eksport qiluvchi 70 ta tashkilot, shuningdek, 300 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar, kemalar va samolyotlar kiritiladi. Bu haqda “USA Today” nashri xabar berdi.
Bu galgi sanksiyalar sezilarli darajada kuchli bo‘lishi rasmiylar tomonidan va’da qilindi. “The Times” nashriga ko‘ra, yangi cheklovlar paketi bugun, 19 may kuni Xirosimadagi G7 sammitida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Sammit doirasida assotsiatsiya Ukraina bilan birdamlik bayonotini e’lon qilishi haqida ma’lumot berilgan. “Katta yettilik”ning boshqa a’zolari Moskvaga nisbatan o‘zlarining qo‘shicha cheklov choralarini tayyorlamoqda va Qo‘shma Shtatlar o‘z sanksiyalarini Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya joriy qilgan sanksiyalarga moslashtirish ustida ishlamoqda.
“Yevropa Ittifoqi ham o‘zining sanksiyalar paketi ustida ishlamoqda va Yevropa tovarlarining Rossiya orqali uchinchi davlatlarga tranzitini taqiqlash va sanksiyalangan mahsulotlarni yetkazib berishi mumkin bo‘lgan davlatlarga tovarlar eksportini taqiqlash kutilmoqda”, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.
Eslatib o‘tamiz, G7 davlatlari yetakchilari Rossiyaning energetika sektoriga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish, aksilrossiya cheklovlarini aylanib o‘tishni to‘xtatish, shuningdek, eksport cheklovlari bo‘yicha yangi choralarni e’lon qilish niyatini bildirgan edi.
Ibrohimjon G‘afforov
LiveBarchasi