AQSH Rossiyaga qarshi terror homiylariga qo‘llangan cheklovlarni joriy qildi – Oq uy

Olam

image

Davlat departamenti Ukrainadagi voqealarni inobatga olgan holda Rossiya Federatsiyasini AQSHning terrorizmga homiy davlatlar ro‘yxatiga kiritilish mezonlariga mos kelishini hali ham baholamoqda, biroq Vashington Moskvaga nisbatan ro‘yxatiga kiritilgan davlatlarga qo‘llangan qattiq choralarni joriy qilgan. Bu haqda kecha, 10 may kuni Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki navbatdagi brifingda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Davlat departamenti hali ham tegishli “huquqiy protsedura”ni olib bormoqda. Psaki amerikalik qonunchilar avvalroq AQSH hukumatiga “qo‘ldan kelganini qilish, Rossiyani javobgarlikka tortish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish”ni tavsiya qilganini qo‘shimcha qilgan. Qonunchilar, xususan, Rossiyani Amerikaning ko‘rsatilgan ro‘yxatiga kiritilishi haqida gapirishgan.

Oq uy matbuot kotibining urg‘ulashicha, Vashingtonning ko‘rsatkichlariga ko‘ra, bu ro‘yxatga hozircha to‘rtta davlat kiritilgan. 

“Va biz bu mamlakatlar duchor etilgan choralarni allaqachon qo‘lladik”, deya qo‘shimcha qilgan u RFga qarshi ko‘rilayotgan choralar haqida gapirar ekan. 

Psakining ta’kidlashicha, gap “keng moliyaviy sanksiyalar, eksport nazorati choralari, shuningdek, boshqa davlatlardan investitsiyalarni cheklash bo‘yicha diplomatik ishlar haqida ketmoqda.

“Demak, biz allaqachon bu qadamlarni qo‘yganmiz. Ammo Davlat departamentidagi joriy ko‘rib chiqish davom etadi. Bu jarayon yakunlash kerak. Prezident (Jo Bayden) shunday bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi”, degan Psaki.

Terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxati AQSH Davlat departamenti tomonidan tuziladi. Amerika ma’muriyati ro‘yxatdagilarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash nuqtai nazaridan keng vakolatlarga ega. AQSH G‘aznachilik departamenti ushbu yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, ro‘yxatdagi mamlakatlar bilan savdo qiluvchi davlatlarga qarshi choralar ko‘rishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Litva Seymi Rossiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi va amalga oshiruvchi davlat e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing