AQSH Rossiyaga qarshi “qora ro‘yxat”ini kengaytirdi

Olam

image

AQSH Savdo vazirligi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirib, unga Rossiya bilan aloqalari uchun 32 ta xorijiy kompaniyani kiritdi. Yangilangan ro‘yxat vazirlikning rasmiy saytida e’lon qilindi.

AQSH Sanoat va xavfsizlik byurosi qarorida Eksport nazorati reglamentiga tuzatishlar kiritilib, 32 ta tashkilot qo‘shilgan. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasining 23 ta, Hindiston, Eron, Singapur va Tayvanning 1 tadan, Turkiyaning 3 ta va Birlashgan Arab Amirliklarining 2 ta kompaniyasi sanksiyaga tushgan.

“AQSH hukumati ularning harakatlari Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligi yoki tashqi siyosati manfaatlariga zid ekanini tan oldi”, deyiladi hujjat matnida.

Ro‘yxatga kiritilgan kompaniyalardan ba’zilari:

  • Shanghai Fudan Microelectronics Co., Ltd. (Xitoy) – Rossiya harbiy sanoati uchun texnologiyalar yetkazib bergani uchun;
  • AR Sales Pvt Ltd. (Hindiston) – amerika mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berishga uringani uchun;
  • Atempo Proje Taahhüt Ses ve Görüntü Sistemleri Anonim Şirketi İstanbul Şubesi, EB Teknoloji Sistemleri Anonım Şirketi va Dentun Elektronik (Turkiya) – shunga o‘xshash urinishlari uchun;
  • HAS General Trading (BAA) – Rossiya va Eronga eksport nazorati ostidagi tovarlarni yetkazib bergani uchun.

Qayd etish joiz, bungacha AQSH Prezidenti Donald Tramp barcha NATO davlatlari rozilik bildirib, Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatgach, Moskvaga qarshi jiddiy sanksiyalar kiritishga tayyorligini aytgan. Shuningdek, u NATO davlatlarini Xitoyga qarshi bojlar joriy etishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Rossiya mudofaa sektoriga oid 27 ta kompaniya va korxonani yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar berilgan edi. “Qora ro‘yxat”ga “Anozit”, “Proton”, “Sinvent”, “Elecond”, “Poisk”, “Soliton”, “Texnodinamika”, “Ruspolimet”, “Bin In”, “Sin yu”, Rossiya qudratli radiotexnika instituti, “SSSR 50 yilligi” nomidagi Bryansk kimyo zavodi, “Mezon” va “Rekond” zavodlari, Redkinskiy tajriba zavodi, “Zvukotexnika” korxonasi, Sarapul zavodi, Mitishi asbobsozlik zavodi, shuningdek, “Ikar” konstruktorlik byurosi kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya sanktsiya qora ro'yxat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing