Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Rossiya mudofaa sektoriga oid 27 ta kompaniya va korxonani yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Qirollik hukumati bugun, 12 sentyabr kuni e’lon qilgan hujjatida keltirilgan. 

Unga ko‘ra, “qora ro‘yxat”ga “Anozit”, “Proton”, “Sinvent”, “Elecond”, “Poisk”, “Soliton”, “Texnodinamika”, “Ruspolimet”, “Bin In”, “Sin yu”, Rossiya qudratli radiotexnika instituti, “SSSR 50 yilligi” nomidagi Bryansk kimyo zavodi, “Mezon” va “Rekond” zavodlari, Redkinskiy tajriba zavodi, “Zvukotexnika” korxonasi, Sarapul zavodi, Mitishi asbobsozlik zavodi, shuningdek, “Ikar” konstruktorlik byurosi kiritilgan.

Jismoniy shaxslar orasida sanksiyalar Yelena va Aleksey Malitskiylarga nisbatan joriy qilingan. Ular Xitoyning Shenzhen Blue Hat International Trade kompaniyasining hamkor egalari sifatida tilga olinmoqda. Cheklovlar, shuningdek, Turkiyaning Mastel Makina kompaniyasi bilan aloqadorligi aytilayotgan Ozarbayjon fuqarosi Shanlik Shukurovga ham qo‘llangan. Mazkur kompaniyalar ham sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan.

Bundan tashqari, yangi sanksiyalar paketiga Gonkong, Tailand, Hindiston va Turkiyada joylashgan kompaniyalar ham kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya va Fransiya urushni tugatish uchun Rossiyaga bosimni kuchaytirish, mamlakatga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llashni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi. Ikki davlat yetakchilari ishtirokida qabul qilingan bayonotda Rossiya agressiv urushni tugatishga tayyorligini ko‘rsatmayotgani, yangi sanksiyalar Rossiya bilan birga urushni qo‘llab-quvvatlayotgan uchinchi davlat kompaniyalariga ham qaratilishi mumkinligi hamda Germaniya va Fransiya bu tashabbusni G7 va Yevropa Ittifoqi yig‘ilishlarida ilgari surishi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Buyuk Britaniya sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing