AQSH Rossiyaga dollar yetkazib berishni taqiqladi
Olam
−
12 mart 2022
10282AQSH Prezidenti Jo Bayden boshqa narsalar qatori Rossiyaga dollar banknotlarini yetkazib berishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Farmon Oq uy saytida e’lon qilingan.
Hujjat bandlaridan birida AQSH dollarini qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan yoki Amerika Qo‘shma Shtatlarining jismoniy/yuridik shaxsi tomonidan, Rossiya Federatsiyasi hukumatiga yoki Rossiya Federatsiyasida joylashgan har qanday jismoniy/yuridik shaxsga bevosita yoki bilvosita eksport, qayta eksport qilish, sotish yoki yetkazib berishni taqiqlash belgilangan.
Cheklovlar Rossiyaning Ukrainaga hujumi davom ettirilayotgani sabab joriy etildi.
2 mart kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga yevro kupyuralarini sotish, yetkazib berish, o‘tkazish yoki olib chiqish, ularni har qanday jismoniy va yuridik shaxslarga, tashkilotlarga yoki Rossiya davlat organlariga, shu jumladan hukumat va Markaziy bankka Rossiyada foydalanish uchun yuborishni taqiqlagandi. Cheklovlar o‘n kundan keyin, 12 martdan kuchga kiradi.
LiveBarchasi