AQSH Rossiyadan olmos va alkogol importini taqiqladi

Olam

image

AQSH Rossiyadan alkogollik ichimliklar, nosanoat olmoslar va dengiz mahsulotlari importini taqiqladi. Bu haqda Oq uy saytida e’lon qilingan Amerika Prezidenti farmonida ko‘rsatib o‘tilgan.

Hujjatda Rossiyada ishlab chiqarilgan baliq, dengiz mahsulotlari, ulardan tayyorlangan mahsulotlar, spirtli ichimliklar, nosanoat olmos va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan har qanday tovarlarni AQSHga olib kirish taqiqlanadi.

Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan yoki Qo‘shma Shtatlar jismoniy/yuridik shaxsi tomonidan qayerda bo‘lishidan qat’i nazar Rossiyaga hashamatli buyumlar va Moliya vazirligi tomonidan tegishli idoralar bilan kelishilgan holda belgilangan boshqa tovarlarni Rossiyaga bevosita yoki bilvosita olib borish, qayta eksport qilish, sotish va yetkazib berish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotiga har qanday yangi investitsiya kiritish man etildi.

Avvalroq AQSH Rossiyaga dollar yetkazib berishni taqiqlagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing