AQSH Rossiya viza markazini yopdi

Olam

image

AQSH Rossiya viza markazining mamlakatdagi filiallarini yopdi. Bu haqda Rossiyaning Qo‘shma Shtatlardagi elchisi Anatoliy Antonov ma’lum qildi.

Elchiga ko‘ra, Amerika ma’muriyati Rossiya viza markazining AQSHdagi ikkita filialining faoliyatini to‘xtatdi. Bundan tashqari, ular rossiyalik diplomatlarni mamlakatda soliq to‘lamaslik imkoniyatidan mahrum qilishmoqchi.

“Har kuni bizga qarshi hujumlar uyushtirilmoqda. Masalan, biroz oldin. Tom ma’noda bir soat oldin, amerikaliklar bizga viza markazi yopilgani haqida xabar yuborishdi. Men shuni aytmoqchimanki, biz o‘z vatandoshlarimizni tashlab qo‘ymaymiz. Bu shunchaki, ruslar va rossiyalik diplomatlarga qarshi qaratilgan yana bir kichik, jirkanch hujum”, deydi Antonov.

Rossiyaning Vashingtondagi elchisining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z harakatlarini izohlamagan. Elchi, shuningdek, diplomatlarning o‘zi faoliyat olib borayotgan davlatida soliq to‘lamaslik huquqi ham buzilayotganini qoraladi.

Shunga qaramay, Rossiyaning AQSHdagi diplomatik missiyasi rahbari rus diplomatlari o‘z ish faoliyatini to‘xtatmasligini aytdi. Uning aniqlik kiritishicha, Qo‘shma Shtatlar viza markazining ikkita – Vashington va Nyu-Yorkdagi filiallarini yopdi. Elchining so‘zlariga ko‘ra, Oq uy va Davlat departamenti vakillari bilan maslahatlashuvlar chog‘ida, u har doim rossiyalik konsullik xodimlari xotirjam va professional ishlashini ta’kidlagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya diplomatik vakolatxonalari atrofidagi vaziyat borgan sari yomonlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil mart oyining o‘zida ayrim rossiyalik diplomatlar Yevropaning ikki davlati – Avstriya va Latviyada “persona non grata” deb e’lon qilingan holda, mamlakatdan chiqarib yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya viza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing