AQSH Rossiya bilan aloqa qilayotgan davlatlardan Putinni urushni to‘xtatishga ko‘ndirishni so‘rayapti
Olam
−
11 noyabr 2022
6325AQSH rasmiylari dunyoning barcha davlatlari, xususan, Moskva bilan aloqalarini davom ettirayotgan davlatlar Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyani yakunlashga “Rossiyani ko‘ndirish” uchun ko‘proq harakat qilishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.
“Biz, albatta, dunyoning har bir davlati Rossiyani urushni to‘xtatishga va Ukrainani tark etishga ishontirish uchun ko‘proq harakat qilishi kerak, deb hisoblaymiz, ayniqsa Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarni saqlab qolgan mamlakatlar”, deydi u AQSH Prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasida 14 noyabr kuni Balidagi G20 sammiti doirasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida savolga javob berib.
Shu bilan birga, Sallivan ta’kidlaganidek, Bayden XXR rahbari bilan muzokaralarda Ukraina inqirozini batafsil muhokama qilish imkoniga ega bo‘ladi.
LiveBarchasi