AQSH razvedkasi kelasi haftalarda Trampga yana suiqasd uyushtirilishini istisno qilmaydi – “Politico”
Olam
−
17 iyul
4927Yaqin haftalarda AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi yangi suiqasd uyushtirilishi mumkin. Bu haqda amerikalik yuqori martabali amaldorlarga tayanib, “Politico” xabar berdi.
Nashrning ta’kidlashicha, AQSH ma’muriyati turli manbalardan Tehrondan Trampga nisbatan tahdidlar haqida ma’lumot olgan. Gazetaning yozishicha, Eron ko‘p yillar davomida 2020 yilda eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi uchun “Trampdan qasos olishga” intiladi.
Shu bilan birga, ikki amerikalik rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSH rasmiylarida 13 iyul kuni Pensilvaniyada bo‘lib o‘tgan miting chog‘ida Trampga uyushtirilgan suiqasd to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita Eron bilan bog‘liqligi haqida hech qanday dalil yo‘q.
Nashrning yozishicha, AQSH razvedkasi Eron imkoniyatlaridan xavotirda, chunki ular go‘yoki “AQSH fuqarolariga qarshi keng ko‘lamli hujumlar uyushtirishga” ruxsat berishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 iyul kuni CNN telekanali Amerika rasmiylari Eron Trampga suiqasd uyushtirishni rejalashtirayotgani haqida Pensilvaniyadagi mitingdan bir necha hafta oldin ma’lumot olganini xabar qilgandi. Keyinroq Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi Tehronga qarshi Trampga suiqasd uyushtirishga aloqadorlik ayblovlarini rad etdi.
Missiyaning ta’kidlashicha, Eron bu ayblovlarni asossiz va xolis deb biladi, garchi u Trampni Sulaymoniyni o‘ldirishga buyruq bergani uchun sudlanishi va jazolanishi kerak bo‘lgan jinoyatchi deb bilsa ham.
LiveBarchasi