AQSH Rafahga havo yordamini to‘xtatdi
Olam
−
31 may
3913AQSHning G‘azodagi insonparvarlik yordami yetkazuvchi kemasi parchalanib ketdi. Bu haqda Pentagonga tayanib “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, G‘azodagi bo‘ron tufayli suzuvchi kema bo‘laklarga bo‘lingan. Uni ta’mirlash uchun bir haftadan ko‘proq vaqt talab qilinadi. Shu sababli G‘azoga havo yordami to‘xtatildi.
“AQSH tomonidan dengiz orqali insonparvarlik yordamini yetkazib berish uchun ikki oydan ortiq vaqt ichida G‘azo sohilida qurilgan va 17 may kuni ishga tushgan 320 million dollarlik suzuvchi kema yomon ob-havo sharoiti tufayli bir necha hafta ichida buzilib, ishlamay qoldi” deyiladi xabarda.
Shuningdek, Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx kundalik matbuot anjumanida holat yuzasidan savollarga javob berdi. “G‘azoga gumanitar yordamni tez yetkazib berish uchun Isroil bilan biron bir mexanizm yaratilganmi” degan savolga, u kema qulagan kundan beri hech qanday yordam tarqatilmaganini va ular imkon qadar tezroq kemani rekonstruksiya qilayotganini aytdi.
“Isroil armiyasi amaliyotlarini davom ettirar ekan, biz havodan yordam bera olmaymiz” deydi Sabrina Singx.
LiveBarchasi