AQSH pul berishni to‘xtatgani ortidan JSST moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mablag‘ yetishmasligi sababli bo‘limlar sonini 76 tadan 34 taga, shuningdek, xodimlarini ham qisqartirishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreisus bugun, 19 may kuni Bosh sog‘liqni saqlash assambleyasining 78-sessiyasi ochilishida ma’lum qildi.

“Ustuvorlik asosida shtab-kvartiraning yangi takomillashtirilgan tuzilmasi ishlab chiqilib, ijroiya boshqaruv xodimlari soni 14 nafardan yetti nafarga, boshqarmalar soni 76 nafardan 34 nafarga qisqartirildi. JSST keyingi ikki yillikda 500 million dollarlik byudjet taqchilligiga duch keladi”, dedi u.

Tashkilot rahbarining ta’kidlashicha, AQSH moliyalashtirishni tugatishi sababli kamida 70 ta davlatda bemorlar davolanishdan mahrum bo‘lmoqda, tibbiyot muassasalari yopilmoqda, tibbiyot xodimlari ishsiz qolmoqda, odamlar sog‘liqni saqlash xarajatlari oshishiga duch kelmoqda.

“Kotibiyat yo‘l xarajatlari, xaridlar, ishga yollash, erta nafaqaga chiqish va boshqa xarajatlarni kamaytirish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Ushbu chora-tadbirlar farqni qisqartirishga yordam berdi, ammo bizda hali ham ishchi kuchimizni qisqartirishdan boshqa ilojimiz yo‘q”, deb qo‘shimcha qildi Gebreisus.

JSST bosh direktorining ma’muriyat va moliya bo‘yicha yordamchisi Raul Tomas 1 may kuni AQSH moliyalashtirish tugashi sababli tashkilot 2026 va 2027 yillarda xodimlar maoshining 25 foizini to‘lay olmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, JSST qancha ishchilarni qisqartirishi kerakligini hali bilmaydi.

Qo‘shma Shtatlar JSSTning eng yirik moliyalashtiruvchisi (har yili jami moliyalashtirishning 18%) edi. Donald Trampning 2025 yil yanvarida inauguratsiyadan keyingi birinchi farmoyishlaridan biri Qo‘shma Shtatlarni JSST tarkibidan chiqarish bo‘lib, uni “COVID-19 pandemiyasiga qarshi noto‘g‘ri munosabatda bo‘lish” va “zarur islohotlarni amalga oshira olmayotganlikda” ayblagan.

Keyin JSST yangi ishga qabul qilishni, investitsiyalarni va cheklangan sayohatlarni to‘xtatdi. JSST 55 yoshdan oshgan xodimlarga to‘rt oylik maosh bilan ixtiyoriy ravishda erta nafaqaga chiqish imkoniyatini taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing