AQSH nega Qobulga raketa hujumi uyushtirgani ma’lum qilindi

Olam

image

Avvalroq, Qobul aeroport yaqinida portlash bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Bunga AQSHning raket zarbasi sabab bo‘lgani aytilgandi.

Amerika harbiylari Afg‘oniston poytaxti Qobul aeroporti yaqiniga raketa zarbasi berganini tasdiqladi.

“AQSH Qurolli kuchlari o‘zini himoya qilish maqsadida Qobuldagi avtomobilda drondan hujum uyushtirib, “Viloyati Xuroson” terrorchilik tashkilotining Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportga tahdidini bartaraf qildi”, deyiladi AQSH Markaziy qo‘mondonligi xabarida.

Pentagonning ta’kidlashicha, avtomobilda raketa zarbasidan keyin yuz bergan portlash katta miqdorda bomba borligidan dalolat beradi. Ular tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘qligini, ammo o‘rganish davom etayotganini qo‘shimcha qilgan.

Biroq, “Ariana News” telekanali xabariga ko‘ra, aviahujum natijasida olti kishi, jumladan to‘rt bola halok bo‘lgan. Raketa ikkita avtomobil va turar-joyning bir qismini vayron qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 avgust kuni Qobul aeroporti yaqinida qator portlashlar sodir bo‘lgandi. Hodisada 100 dan ortiq odam, jumladan 13 nafar AQSH harbiysi halok bo‘ldi. Portlash uchun javobgarlik ISHIDning Afg‘onistondagi shoxobchasi "Viloyati Xuroson" o‘z zimmasiga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Qobul portlash

Baholaganlar

647

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing