AQSH Mirziyoyev Prezidentlarning boshini qovushtirganini olqishladi

Jamiyat

image

AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvini olqishladi.

“Yaqinda Toshkentdagi uchrashuvda Markaziy Osiyoning besh mamlakati rahbarlari tomonidan liderlik va uzoqqa mo‘ljallangan qarashlar namoyish etilganini ko‘rishdan mamnunmiz. Mintaqaviy hamkorlik Markaziy Osiyoning barqarorligi va farovonligi uchun juda muhimdir. Prezident Mirziyoyev ushbu tadbirga mezbonlik qilgani uchun tashakkur”, degan amerikalik diplomat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

O‘z navbatida, AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum ham Elis Uellsning fikrlariga qo‘shilgan. U mintaqa davlatlari o‘zaro juda yaxshi kelisha olishini ta’kidlagan.

“S5+1 (+AQSH, +Yevropa Ittifoqi, +Yaponiya, +Janubiy Koreya, +Hindiston va hokazo) yaxshi. Lekin S5 har qanaqa plyussiz (yoki minussiz) undan ham yaxshi(Qudratli davlatlarsiz ham)! O‘zbekistonga mintaqaviy hamkorlik yo‘lidagi yetakchilik qilayotgani uchun sharaflar bo‘lsin”, deb yozadi elchi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi joriy yilning 29 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Elis Uells Maslahat uchrashuvi Deniel Rozenblyum

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing