AQSH Milliy razvedkasida katta “tozalash” boshlandi – CNN
Olam
−
23 iyun 2547 1 daqiqa
AQSH Milliy razvedkasiga yangi rahbar kelganidan so‘ng ommaviy ishdan bo‘shatishlar boshlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Vaziyatdan xabardor manbaning nashrga ma’lum qilishicha, idora rahbari vazifasini bajaruvchi Uilyam Pulte shtatlarni qisqartirish bo‘yicha ishlarni boshlagan. Ishdan bo‘shatilganlarning aniq soni noma’lum, biroq avvalroq manbalar yuzlab xodimlar qisqartirilishi mumkinligi haqida gapirgan.
Qayd etilishicha, o‘tgan hafta Pulte yangi ish joyiga bir kun oldin kelgan va oldindan boshqarmaning barcha xodimlari ro‘yxatini so‘rab olgan, bu esa hatto lavozimini tark etayotgan direktor Tulsi Gabbardni ham hayratda qoldirgan.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, qisqartirishlar Milliy aksilterror markazi va Milliy aksilrazvedka va xavfsizlik markaziga daxl qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Pulte 19 iyun kuni lavozimiga kirishgan bo‘lib, u umumiy hisobda 18 ta razvedka agentligini nazorat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard AQSH Prezidenti Donald Tramp nomiga yozilgan iste’fo haqidagi arizasini e’lon qilgandi. U bu qarorini turmush o‘rtog‘i Avraamda suyak saratonining kam uchraydigan turi aniqlangani bilan izohlagan.
Live
Barchasi